Выберите язык

Bugungi kunda internet orqali onlayn buyurtmalar soni ortib borayotgan bir paytda, ushbu yo‘nalishda murojaatlar ham ko‘paymoqda.

Ana shunday murojaatlardan biri fuqaro Saidaxmadova L. tomonidan kelib tushdi. Iste’molchi Bek Baraka bozoridan onlayn tarzda ko‘ylak xarid qilgan. Biroq yetkazib berilgan mahsulot razmeri kichik kelgani hamda rasmdagiga mos emasligi aniqlangan.

Iste’molchi mahsulotni qaytarib yuborgan. Ammo sotuvchi ko‘ylak o‘ziga yetib kelmaganini bildirgan va to‘langan pul mablag‘larini qaytarib bermagan. Kuryer esa mahsulotni qaytarib topshirganini ma’lum qilgan.

Mazkur murojaat Zangiota tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganilib, tegishli tartibda chora-tadbirlar ko‘rildi. Natijada murojaat ijobiy hal etilib, iste’molchining to‘langan pul mablag‘lari to‘liq qaytarib berildi.

Isteʼmolchi huquqlaringiz doim himoya qilinadi

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening