Выберите язык

  2026-yil 26-sentabr kuni Navbahor tumanidagi 4-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
🤝 Tadbirga Navbahor tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati vakillari ham taklif etildi. Unda o‘qituvchi va murabbiylarning jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rni, yosh avlodni bilimli va barkamol etib tarbiyalashdagi fidokorona mehnati alohida e’tirof etildi.
🔹 Tadbir davomida jamiyat bilan hamkorlikda iste’molchilarning huquqiy savodxonligini oshirish va jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan tayanch guruhi rahbari hamda faol Federatsiya a’zolariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
⚖️ Bunday tadbirlar nafaqat ustozlarga bo‘lgan hurmat va ehtiromni namoyon etadi, balki jamoatchilik faolligini oshirish, hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
🎉 Barcha o‘qituvchi va murabbiylarni kasb bayrami bilan muborakbod etamiz! Ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va sharafli faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening