Выберите язык

Nukus shahrida kosmetika xarid qilish vaqtida yuzaga kelgan masala iste’molchining murojaatidan so‘ng yechimini topdi.

Nukus shahrida yashovchi U.Rahimova "1091 - Ishonch telefoni" orqali murojaat qilib, "M" savdo markazidagi "S" do‘konida kosmetika xarid qilish vaqtida ortiqcha to‘lov olinganini bildirgan.

Murojaatda ko‘rsatilishicha, iste’molchi do‘kondan 322 ming so‘mlik kosmetika sotib olingan. Biroq plastik karta orqali to‘lov ikki marta olinib, jami 644 ming so‘m yo‘qotish bo‘lgan. Natijada iste’molchidan 322 ming so‘m ortiqcha to‘lov olingan.

Bu holat Nukus shahri iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilib do‘kon sotuvchisi G.Shektibayevaga savdo qilgan fuqaroning iste’molchi sifatidagi huquqlari tushuntirildi.

Natijada yuqoridagi holatlar tasdiqlanib, iste’molchidan ortiqcha olingan 322 ming so‘m pul plastik kartasiga qaytarib berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening