Выберите язык

Mototsikl hujjatlari bilan bog‘liq muammo ijobiy hal etildi

Iste’molchilarning murojaatlarini o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Buxoro viloyati Shofirkon tumani Jo‘shura MFYda yashovchi fuqaro Sh.M. 2026-yil may oyida Xorazm viloyati Yangibozor tumani Yangiyop MFY hududida joylashgan do‘kondan mototsikl xarid qilgan. Mototsikl iste’molchiga yetkazib berilgan bo‘lsa-da, unga transport vositasiga tegishli zarur hujjatlar taqdim etilmagan.

Shu sababli fuqaro mototsiklni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat raqamini olish imkoniyati bo‘lmayotganidan norozi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.

Mazkur murojaat Xorazm viloyati Yangibozor tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida do‘kon xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, iste’molchiga mototsikl bo‘yicha zarur hujjatlarni taqdim etish masalasi ko‘rib chiqildi. Tegishli choralar ko‘rilishi natijasida barcha kerakli hujjatlar iste’molchiga olib berildi.

Natijada fuqaro Sh.M.ning murojaati ijobiy hal qilindi.

Mazkur holat iste’molchilarga tovar xarid qilish vaqtida mahsulot bilan birga unga tegishli hujjatlarning ham to‘liq taqdim etilishiga e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening