Выберите язык

Toshkent shahar Yunusobod iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 53-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida pedagog va texnik xodimlarni Federatsiya a’zoligiga jalb etish maqsadida o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga Federatsiyaning asosiy maqsad va vazifalari, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda tizimning bugungi kundagi faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, a’zolikning afzalliklari, Federatsiya tomonidan ko‘rsatilayotgan huquqiy va amaliy ko‘mak turlari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.
Tadbir jarayonida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilikdagi yangiliklar, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalari hamda murojaatlar bilan ishlash tizimi haqida ham so‘z yuritildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.
Seminar yakunida maktab jamoasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, xodimlarni Federatsiya a’zoligiga keng jalb etish hamda kelgusida shu kabi ma’rifiy tadbirlarni muntazam tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening