Выберите язык

Jizzax viloyati Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasiga murojaat qilgan pensioner M.Ibragimovaning huquqlari sud orqali himoya qilindi.

Aniqlanishicha, fuqaro 2023-yilda «FINCOM» MCHJ bilan KIA Seltos rusumli avtomashinani lizing asosida xarid qilish bo‘yicha shartnoma tuzgan. Moliyaviy qiyinchiliklar sabab to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshira olmagani uchun unga 40 million 131 ming 174 so‘m 48 tiyin penya hisoblangan.

Iste’molchining pensiyada ekani, qo‘shimcha daromad manbai mavjud emasligi inobatga olinib, Jizzax viloyati Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi uning manfaatlarini ko‘zlab sudga da’vo arizasi kiritdi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining qaroriga ko‘ra, da’vo qisman qanoatlantirilib, hisoblangan penya 20 million so‘mga kamaytirildi.
Mazkur holat iste’molchilar o‘z huquqini himoya qilishda qonun va jamoatchilik institutlari ko‘magi muhim ahamiyatga ega ekanini yana bir bor tasdiqladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening