Выберите язык

📌 Jamoat nazorati davomida qator muammolar aniqlandi
  O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi hamda Navoiy viloyat hududiy birlashmasining tegishli buyrug‘iga asosan Karmana tuman markaziy oilaviy poliklinikasida jamoat nazorati tartibida kuzatuv-o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida e’tiborni tortadigan jiddiy kamchiliklar aniqlandi.
Jumladan, tibbiy xizmatdan foydalanish uchun kelayotgan iste’molchilar, ya’ni fuqarolar uchun yetarli sharoitlar yaratilmagani kuzatildi. Shifokorlar yetishmasligi oqibatida fuqarolar o‘rtasida uzun navbatlar yuzaga kelayotgani qayd etildi.
🌡️ Kutish zallari va ayrim xonalarda issiqlik yuqoriligi ham fuqarolar uchun noqulaylik tug‘dirayotgan holatlardan biridir. Ayniqsa, tibbiy yordam olish maqsadida poliklinikaga murojaat qilgan bemorlarning uzoq vaqt navbat kutishi vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda.
⚖️ Fuqarolarga sifatli va xavfsiz tibbiy xizmat ko‘rsatilishi, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratilishi iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashning muhim qismidir.
🤝 Jamoat nazorati Karmana va Navbahor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hamkorligida o‘tkazildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berilishi hamda ularning ijrosi nazoratga olinishi ko‘zda tutilmoqda.
📣 Sifatli tibbiy xizmat — fuqarolarning huquqi. Bu huquq ta’minlanishi uchun aniqlangan muammolarga befarq bo‘lmaslik va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish zarur.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening