Выберите язык

⚡️ Qashqadaryoda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi 1 - chorak natijalari tahlil qilindi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda hududiy birlashma hamda tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.

Yig‘ilishda, shuningdek, 2026 - yilning 2 - choragida amalga oshirilishi rejalashtirilgan faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari ham belgilab olindi.

Ma’lum qilinishicha, viloyat bo‘yicha o‘tgan 3 oy davomida iste’molchilardan jami 362 ta murojaat qabul qilingan bo‘lib, ularning 152 tasi yozma, 197 tasi og‘zaki, 12 tasi esa elektron shaklda tushgan. Barcha murojaatlar tegishli tartibda o‘rganib chiqilgan.

Sohalar kesimida murojaatlar quyidagicha taqsimlangan:

• savdo sohasi — 40 ta,

• gaz ta’minoti —  57 ta,

• elektr energiyasi — 33 ta,

• suv ta’minoti —  19 ta,

• kommunal xizmatlar — 36 ta,

• sog‘liqni saqlash — 7 ta,

• xizmat ko‘rsatish (servis) — 10 ta,

• transport — 3 ta,

• aloqa va internet xizmatlari — 5 ta,

• boshqa sohalar bo‘yicha — 31 ta murojaat qayd etilgan.

Murojaatlarni o‘rganish natijasida iste’molchilarning manfaatlariga yetkazilgan  709 100 000 so‘mdan ortiq moddiy va ma’naviy zararlar qayta hisob-kitob qilinib, undirib berilishi ta’minlandi.

Shuningdek, o‘tgan 3 oy davomida hududiy birlashma tomonidan 29 000 000 so‘m, Nishon tumani jamiyati tomonidan 90 700 000 soʻm Koson tumani jamiyati tomonidan esa 72 500 000 so‘m miqdoridagi mablag‘lar yuzasidan iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudlarga 18  ta da’vo arizasi kiritilgan.

Sud qarorlari asosida iste’molchilarga yetkazilgan 192 100 000 so‘mdan ortiq zararlar undirib berilishi ta’minlandi.

✅ Yig‘ilish yakunida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi qonunchilik talablarini to‘liq bajarish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish va jamiyatlar faoliyat samaradorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening