Выберите язык

 

Jizzax viloyati Sh. Rashidov tumanida yashovchi fuqaro B.G. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining ishonch telefoni orqali murojaat qildi.

Unda ta’kidlanishicha, Jizzax shahridagi “ZEBO” savdo majmuasidan muddatli to‘lov asosida xarid qilingan idish yuvish mashinasi qisqa muddatda nosoz holatga kelgan. Mahsulot sotuvchiga qaytarilgan bo‘lsa-da, na ta’mirlash, na to‘lovni qaytarish choralari ko‘rilmadi. 

Mazkur murojaat Bosh prokuratura yo‘naltiruvi asosida Jizzax shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan qonunchilikka muvofiq o‘rganildi. Jumladan, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida iste’molchining huquqlari tushuntirildi hamda zarur choralar ko‘rildi.

Natijada, taraflar o‘rtasidagi shartnoma bekor qilinib, B.G.ga 6 000 000 so‘m pul mablag‘i to‘liq qaytarilishi ta’minlandi.

Murojaat qonuniy asosda qisqa muddatda ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening