Выберите язык

Qorasuv massivida faoliyat yuritayotgan go‘sht do‘konlarida o‘rganish ishlari olib borildi
Samarqand shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Qorasuv massivida faoliyat yuritayotgan go‘sht mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi savdo shoxobchalarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, mahsulotlarning sifati va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida go‘sht mahsulotlarining belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq saqlanishi va realizatsiya qilinishi, mahsulotlarning yaroqlilik muddati, kelib chiqishini tasdiqlovchi hujjatlar, savdo shoxobchasida sanitariya holati hamda iste’molchilarga zarur ma’lumotlarning taqdim etilishi holatlari ko‘rib chiqildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan savdo shoxobchasi mas’ullariga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi hamda iste’molchilar huquqlarini ta’minlash, aholiga sifatli va xavfsiz go‘sht mahsulotlarini realizatsiya qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida iste’molchilar huquqlari buzilishining oldini olish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va tushuntirishlar berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening