Выберите язык

Mo‘ynoq tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasida uzoq yillar davomida fidoyilik bilan xizmat qilgan Rahmon Xudaybergenovning jamiyat uchun ko‘p yillar davomida qilgan mehnati, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasiga qo‘shgan hissasi yuqori baholandi.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Rahmon Xudoyberganov "ISTE’MOLCHI HUQUQ HIMOYACHISI" ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya etildi.

Ushbu yuksak mukofotni oilasiga yetkazish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi rahbari R.Shamuratov marhumning uyiga borib, ko‘krak nishonini o‘z qo‘llari bilan farzandlari va yaqinlariga topshirdi.

Topshirish jarayonida Rahmon akaning xalq va jamiyatga xizmat qilishdagi fidoyiligi, insoniy fazilatlari e’tirof etilib, uning yorqin xotirasi va mehnatlari hurmat bilan yodga olindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening