Выберите язык

Aholining sifatli va xavfsiz tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqini ta'minlash, sog'liqni saqlash muassasalarida ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini jamoatchilik ishtirokida o'rganish hamda iste'molchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida Toshkent viloyatida tizimli monitoring tadbirlari davom ettirilmoqda.
O'zbekiston Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisining 2026-yil 17-iyundagi 03-01/97-sonli buyrug'i hamda Toshkent viloyati iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi raisining tegishli buyrug'i ijrosi doirasida Toshkent viloyati iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi va Zangiota tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan Respublika maxsus 1-son Zangiota shifoxonasida jamoatchilik nazorati tartibida monitoring (kuzatuv-o'rganish) ishlari amalga oshirildi. 
Respublika maxsus 1-son Zangiota shifoxonasi o'z faoliyatida yuqori epidemiologik xavfsizlik talablariga amal qiladigan tibbiyot muassasalaridan biri hisoblanadi. Shu bois monitoring ishtirokchilari ham shifoxona hududiga kirishdan avval belgilangan tartibda maxsus himoya kombinezoni, respirator niqob, qalpoq, qo'lqop va maxsus oyoq qoplamalari bilan ta'minlanib, sanitariya-epidemiologik xavfsizlik qoidalariga to'liq rioya qilgan holda o'rganishlarni olib bordilar. Monitoring davomida har bir kirish va chiqish jarayonida himoya vositalarini almashtirish hamda dezinfeksiya talablariga qat'iy amal qilindi.
O'rganishlar davomida fuqarolarni qabul qilish tizimi, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, tibbiyot xodimlarining xizmat ko'rsatish madaniyati, bemorlar va ularning yaqinlari uchun yaratilgan qulayliklar, axborot stendlari, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda iste'molchilarning qonuniy manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan amaliy ishlar kuzatildi.
Shuningdek, tibbiy xizmatlarning ochiqligi va shaffofligi, bemor huquqlari to'g'risidagi ma'lumotlarning mavjudligi, murojaatlarni qabul qilish tartibi, tibbiy xizmatlar ko'rsatish sifati, sanitariya holati va xizmat ko'rsatish jarayonlarining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan jamoatchilik nazorati olib borildi. Monitoring jarayonida muassasa faoliyatiga aralashilmagan holda, kuzatuv va tahlil usullaridan foydalanildi.
Bunday monitoringlarning asosiy maqsadi kamchilik izlash emas, balki tibbiyot muassasalarida aholiga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada takomillashtirish, iste'molchilar huquqlarining ishonchli himoya qilinishiga ko'maklashish hamda amaldagi qonunchilik talablarining ijrosini jamoatchilik ishtirokida o'rganishdan iborat. O'rganishlar yakunlari bo'yicha tahliliy ma'lumotlar umumlashtirilib, zarur hollarda xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Toshkent viloyati iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi tomonidan sog'liqni saqlash muassasalarida jamoatchilik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda. Mazkur tadbirlar fuqarolarning sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqini ta'minlash, tibbiyot muassasalari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini mustahkamlash hamda iste'molchilar manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening