Выберите язык

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Iste’molchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, tibbiy xizmatlardan foydalanish jarayonida ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish maqsadida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida tibbiyot sohasida iste’molchi sifatida fuqarolarning huquqlari, ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati va xavfsizligi, huquqlari buzilgan holatlarda murojaat qilish tartibi hamda muammolarni qonuniy yo‘l bilan hal etish mexanizmlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, tibbiy xizmatlardan foydalanishda iste’molchilar duch kelishi mumkin bo‘lgan masalalar, jumladan, xizmat sifati, bemorlarga beriladigan axborotlarning to‘liqligi, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi va iste’molchilarning qonun bilan kafolatlangan huquqlarini ta’minlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
Tadbirda sog‘liqni saqlash tizimida xizmat ko‘rsatish madaniyatini yanada rivojlantirish, tibbiyot xodimlari va iste’molchilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonch muhitini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida xodimlarga Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining faoliyat yo‘nalishlari, tashkilotning ahamiyati hamda jamiyatning ixtiyoriy a’zoligiga qo‘shilish imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.
Bunday targ‘ibot tadbirlari iste’molchilarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularning manfaatlarini himoya qilish va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening