Выберите язык

⚡️Salkam 8 million soʻmlik nosoz konditsioner yangi yaroqlisiga almashtirib berildi 

Havo harorati ko’tarilishi bilan yoz mavsumida sovutgichlarga bo’lgan talab oshishi kuzatiladi. Ichki bozordan sovutgichlarning bir emas, bir necha turini topish mumkin. Sovutgichlar narxi bilan mutanosib sifati bilan ham bir-biridan farqlanishi mumkin.

Murojaatda bayon etilishicha, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida  yashovchi fuqaro boquvchisini yoʻqotgan yolgʻiz ayol T.M oilasi ehtiyoji uchun tumanda joylashgan Imkon savdo majmuasidan 7 million 800 ming soʻmga Shivaki rusumdagi konditsionerni sotib olgan . Ustalar konditsionerni oʻrnatganidan soʻng konditsioner nosoz holga kelib, ishlamay qolgan. Ushbu holatdan  norozi  boʻlib fuqaro savdo majmua rahbariga murojaat qilib borganida tinglashni ham istamagan. 

Shundan soʻng isteʼmolchi Chiroqchi tumani jamiyati mutaxassislari amaliy yordam koʻrsatishni soʻrab murojaat qilgan. 

Chiroqchi tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari murojaatni o‘rganib, savdo do‘koni rahbariyatiga amaldagi qonunchilik talablari hamda iste’molchining huquqlari atroflicha tushuntirildi.

✅ Natijada, olib borilgan tushuntirish va huquqiy choralar samarasida savdo do‘koni mas’uliyat bilan yondashdi va 7 million 800 ming so‘mga xarid qilingan nosoz konditsionerni yangi yaroqlisiga almashtirib berildi. Fuqaro murojaati ijobiy hal etilib, buzilgan huquqlar tiklandi.

Maqsad — aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, davlat va jamoatchilik o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va eng muhimi, iste’molchilar huquqlarini amalda ta’minlashdir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening