Выберите язык

O’zbek zamonaviy lug’atida “tayyora” deb nomlangan samolyotlar aviaxizmatidan ko’pchilik foydalangan. Parvoz muddatini o’zgartirish, bekor qilish yoki qoldirish kabi huquqlardan foydalanganlar ham oramizda bor. Ammo salomatligi yomonlashganligi sababli parvozni boshqa sanaga ko’chirtira olmagan iste’molchi haqida so’z yuritamiz.

Vobkent tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro T.G Buxoro-Sankt Peterburg yo’nalishida parvoz uchun 3 000 000 so’m evaziga aviachipta xarid qilgan. Parvozni sog’ligi yomonlashganligi sababli boshqa sanaga ko’chirish maqsadida aviakassaga murojaat qilganida rad javobini olgan.

Holat bo’yicha Vobkent tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan iste’molchi shikoyati qonuniy o’rganib chiqildi. Natijada, parvoz sanasi boshqa sanaga o’zgartirib berilgan.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening