Выберите язык

Sariosiyo tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan 15-mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan keng qamrovli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir tuman hududidagi “Gulobod” mahallasi fuqarolari hamda 29-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazilib, unda
“Iste’molchi huquqlari — adolatli bozor va kuchli jamiyat kafolati” mavzusida tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan iste’molchilarning qonuniy huquqlari, tovar va xizmatlardan foydalanishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, shuningdek, iste’molchilar duch kelayotgan muammolarni qonuniy tartibda hal etish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, fuqarolarga murojaat qilish tartibi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining vakolatlari, hamda kelib tushayotgan murojaatlar asosida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tushunchalar berildi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.

Targ‘ibot tadbiri yakunida fuqarolar va yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, iste’molchi sifatida o‘z huquqlarini bilish va himoya qilish muhim ahamiyatga ega ekani alohida ta’kidlandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening