Выберите язык

     2026-yil 20-aprel kuni Uchquduq tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro A. Alikulovning murojaati qabul qilingan. Murojaatga ko‘ra, xaridor tomonidan tumandagi savdo do'konidan parranda go‘shti mahsuloti xarid qilingan bo‘lib, uning sifati iste’molchida shubha uyg‘otgan. Holat joyiga chiqib o‘rganilganda, mahsulot sifati bo‘yicha bildirilgan e’tirozlar inobatga olinib, iste’molchi manfaatlari himoya qilindi. Natijada, parranda go‘shti mahsuloti boshqa turdagi sifatli mahsulotga almashtirib berildi.

     Mazkur holat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijasi bo‘lib, fuqarolarning murojaatlari e’tibordan chetda qolmasligini yana bir bor tasdiqlaydi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening