Qiziltepa tumanida iste’molchi murojaati ijobiy hal etildi.
2026-yil 22-noyabr kuni Qiziltepa tumani Gulbog‘ MFYda yashovchi fuqaro O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qildi.
🔹 Fuqaro murojaatida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida joylashgan «ASKO» savdo nuqtasidan jami 2 723 000 so‘mga «Antiradar» qurilmasini xarid qilganini, biroq mahsulot qisqa muddat ichida ishlamay qolganini bildirgan.
❗️ Xarid qilingan mahsulotning sifatsiz ekanligidan norozi bo‘lgan iste’molchi shartnomani bekor qilish va yaroqsiz mahsulotni qaytarib olishda amaliy yordam so‘ragan.
✅ Murojaat Qiziltepa tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan ko‘rib chiqildi. Mutaxassislar «ASKO» savdo majmuasining Qiziltepa tumanidagi filialiga borib, mas’ul xodimlar bilan birgalikda tegishli choralarni ko‘rdilar.
Natijada iste’molchi bilan tuzilgan shartnoma bekor qilinib, yaroqsiz mahsulot savdo markaziga qaytarildi.
⚖️ Iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, sifatsiz mahsulotlar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish Federatsiya faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
🤝 Siz ham iste’molchi sifatida huquqlaringiz buzilgan holatlarga duch kelsangiz, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qiling!
SIFATSIZ ANTIRADAR QAYTARILDI — SHARTNOMA BEKOR QILINDI
- Информация о материале
- Автор: Navoiy viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 192
























