Выберите язык

   Iste'molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda adolatli yechim topish iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
   Zarafshon shahar Markaziy bozoridagi ayollar kiyimlari savdo do‘konidan fuqaro o‘zi uchun 370 000 so‘m evaziga ko‘ylak xarid qilgan. Biroq uyga olib borgach, mahsulotda nuqson mavjudligi aniqlangan. Iste'molchi sifatsiz tovarni sotuvchiga qaytarib, to‘lagan pulini qaytarishni so‘ragan, ammo sotuvchi uning qonuniy talabini qanoatlantirishdan bosh tortgan.
  Shundan so‘ng iste'molchi Zarafshon shahar Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan. Murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, sotuvchi bilan olib borilgan tushuntirish va huquqiy ishlardan so‘ng masala iste'molchi foydasiga hal etildi.
Natijada, sifatsiz ko‘ylak uchun to‘langan 370 000 so‘m iste'molchiga to‘liq qaytarib berildi.
  Eslatma: Xarid qilgan mahsulotingiz sifatsiz bo‘lsa yoki iste'molchi huquqlaringiz buzilgan deb hisoblasangiz, hududingizdagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yoki 1091 qisqa raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening