Выберите язык


Sherobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro J.F. tomonidan xarid qilingan mebel mahsulotining sifati yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Murojaat belgilangan tartibda o‘rganilib, aniqlanishicha, iste’molchi tuman hududidagi mebel savdo do‘konidan 6 900 000 so‘m evaziga kredit asosida mebel to‘plamini xarid qilgan. Biroq qisqa muddat ichida mahsulotda nuqsonlar yuzaga kelgani ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, tomonlarga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

✅ O‘rganish natijasiga ko‘ra:
— sifatsiz mebel o‘rniga yangi va sifatli mebel to‘plami tayyorlab berildi
— iste’molchining talabi to‘liq qanoatlantirildi

Natijada murojaat ijobiy hal etilib, iste’molchi tomonidan qo‘shimcha e’tirozlar yo‘qligi bildirildi.

📌 Eslatma: sifatsiz mahsulot xarid qilgan bo‘lsangiz, uni almashtirish yoki yetkazilgan zararni qoplatish huquqiga egasiz.
📞 Ishonch telefoni: 1091

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening