Выберите язык

Boysun tuman “Obi” mahallasida yashovchi fuqaro N. R tomonidan tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushdi.

Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro Boysun tumani “Istiqlol” ko‘chasi hududida joylashgan “SUYUNCHI” savdo do‘konidan 4 060 000 so‘m qiymatga oshxona mebellari jamlanmasini xarid qilgan. Biroq xarid qilingan mahsulot sifatsiz chiqqanligi sababli do‘kon xodimiga murojaat qilgan, ammo murojaat e’tiborsiz qoldirilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, iste’molchiga amaldagi qonunchilikka muvofiq to‘langan pul mablag‘ini qaytarib olish huquqi mavjudligi tushuntirildi.

Shuningdek, savdo do‘koni xodimiga “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun talablari hamda iste’molchining qonuniy huquqlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening