Выберите язык

Import qilinadigan smartfonlar va mobil qurilmalar bojxona nazoratidan o’tish jarayonida majburiy tartibda IMEI kodi olishi qonunchilikda belgilangan. Ammo ba’zi bir “shovvoz tadbirkorlar” ushbu qonuniy talabni turli qing’ir yo’llar orqali chetlab o’tishga harakat qilishadi.

Jondor tumanida yashovchi fuqaro S.A mahalliy tadbirkordan “Techno V” smartfonini xarid qiladi. Foydalanish mobaynida qurilma IMEI ro’yxatidan o’tkazilmaganligi aniqlandi. Iste’molchi Jondor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qiladi.

Jamiyat xodimlari sa’y-harakatlari tufayli murojaat joyiga chiqib o’rganilib, ijobiy hal etilishiga erishildi. Smartfon IMEI qurilmasidan o’tkazilib, qonunchilik ijrosi ta’minlandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening