Выберите язык

  Navbahor tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tasdiqlangan reja asosida sog‘liqni saqlash muassasalarida jamoatchilik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
 Navbatdagi kuzatuv-o‘rganish Navbahor tumani Karvon MFY hududida joylashgan 37-sonli Oilaviy poliklinikada o‘tkazildi. O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sanitariya-gigiyena talablari, kutish zallari, dori vositalari bilan ta’minlanganlik hamda murojaatlar bilan ishlash holati jamoatchilik nazorati tartibida ko‘zdan kechirildi.
  Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga amaliy tavsiyalar berildi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
  Navbahor tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan bunday jamoatchilik nazorati tadbirlari aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda iste’molchilar huquqlarini ishonchli himoya qilish maqsadida muntazam ravishda davom ettiriladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening