Выберите язык

Havo haroratining oshishi bilan sovutgichlarga boʼlgan talab bir necha baravarga oshadi. Ichki bozorda sovutgichlar turli xil toʼlov yoʼllari bilan, naqd pulga, muddatli toʼlovga, hattoki kredit asosida ham xarid qilish mumkin. Toʼlov oʼz yoʼliga, kafolat muddati qoidalari buzilish holatlari ham uchrayaptimi? 

Qorako’l tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro I.K ham muddatli toʼlov evaziga 3 600 000 soʼm qiymatga ega sovutgichni xarid qilgan. Аmmo koʼp oʼtmasidan nosozlik yuzaga kelgan. Servis tomonidan bepul taʼmirlash amalga oshirilmagach, amaliy yordam soʼrab Buxoro viloyat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi ishonch raqami orqali ariza qoldirgan.

Qorako’l tuman jamiyati xodimlari tomonidan murojaat joyiga chiqib oʼrganilib, masʼullarga tegishli tushuntirishlar berilgach, nosozlik yuzaga kelgan sovutgich servis tomonidan kafolat muddati doirasida bepul taʼmirlab berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening