Выберите язык

   Bugungi kunda har birimiz kundalik hayotimizda turli mahsulotlarni xarid qilamiz, xizmatlardan foydalanamiz. Bunday vaziyatlarda iste’molchi sifatida o‘z huquqlarimizni bilish va qonuniy manfaatlarimizni himoya qila olishimiz muhim ahamiyatga ega.
⚖️ O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni har bir iste’molchining manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
🔹 Qonunchilikka ko‘ra, har bir iste’molchi:
Tovar va xizmatlar haqida to‘liq va ishonchli ma’lumot olish;
Sifatli hamda xavfsiz mahsulot xarid qilish;
Nuqsonli mahsulotni almashtirish yoki uning pulini qaytarishni talab qilish;
Ko‘rsatilmagan yoki sifatsiz xizmat yuzasidan e’tiroz bildirish;
Yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilish huquqiga ega.
📌 Xarid yoki xizmatdan foydalanish jarayonida shartnoma, chek, kafolat taloni va boshqa hujjatlarni saqlab qo‘yish iste’molchi manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🤝 O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi hamda uning hududiy tuzilmalari tomonidan fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, buzilgan huquqlarini tiklash, mavjud muammolarni qonuniy hal etish va aholining huquqiy savodxonligini oshirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
✅ Unutmang! Iste’molchi o‘z huquqlarini bilsa, noqonuniy talablar, sifatsiz mahsulotlar va xizmatlardan himoyalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
📞 Agar huquqlaringiz buzilgan bo‘lsa, Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilishingiz mumkin.
O‘z huquqingizni biling, manfaatlaringizni himoya qiling!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening