Выберите язык

Navoiy shahrida yashovchi fuqaro B. N tomonidan sotib olingan suv kuleri nosoz holatda chiqqani sababli iste’molchi murojaati asosida masala ijobiy hal etildi. Ma'lum bo‘lishicha, fuqaro 1 500 000 so‘mga suv kuleri xarid qilgan. Biroq qisqa vaqt foydalanilgach, qurilma nosozligi aniqlangan. Shundan so‘ng iste’molchi o‘z huquqlarini himoya qilish maqsadida Navoiy shahar iste’molchilar jamiyatiga murojaat qilgan.

Murojaat tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, sotuvchi bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida nosoz mahsulot iste’molchiga yangisiga almashtirib berildi.

Mazkur holat iste’molchilarning qonuniy manfaatlari himoya qilinayotganini va fuqarolar muammoga duch kelganida tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi muhimligini yana bir bor ko‘rsatadi.

Agar siz ham sifatsiz yoki nosoz mahsulotga duch kelsangiz, iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga murojaat qilishingiz mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening