Выберите язык

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani Mash’al MFYda yashovchi fuqaro A.S. Urganch tumanida joylashgan savdo do‘konlaridan biridan suv nasosi xarid qilgan.

Biroq mahsulot xarid qilingan vaqtda iste’molchiga suv nasosiga tegishli hujjatlar, jumladan, kafolat taloni hamda foydalanish bo‘yicha qo‘llanma (kitobcha) taqdim etilmagan. Mazkur holatdan norozi bo‘lgan fuqaro O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Telegram-boti orqali murojaat yo‘llagan.

Murojaat Urganch tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganilib, iste’molchi manfaatlarini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

Natijada fuqaroning murojaati ijobiy hal qilinib, suv nasosiga tegishli hujjatlar bilan bog‘liq masala hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening