Mamlakatimizda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish, aholining huquqiy ongi va iste'mol madaniyatini yuksaltirish borasida tizimli targ‘ibot ishlari izchil davom ettirilmoqda. Ayniqsa, ta'lim va tibbiyot muassasalarida tashkil etilayotgan uchrashuv va suhbatlar orqali pedagoglar hamda tibbiyot xodimlarining sohaga oid bilimlarini mustahkamlash, fuqarolarga sifatli va xavfsiz xizmat ko‘rsatish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Uchko‘prik tumani
Tumandagi 28 hamda 29-umumta'lim maktablari pedagogik jamoalari ishtirokida tashkillangan targ‘ibot tadbirlari iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, iste'molchilik ijtimoiy harakati hamda uning ta'lim muassasalari xodimlari uchun ahamiyati yuzasidan tushuntirishlar, Federatsiya va uning hududiy tuzilmalarini iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste'mol madaniyatini oshirish, sohaga oid qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish yo‘nalishlaridagi faoliyati yuzasidan axborotlar berib o‘tildi.
Yozyovon tumani
Tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilar tomonidan Tibbiyot birlashmasi hamda "Qumqishloq" oilaviy shifokorlik punkti xodimlari bilan amaldagi qonunchilik targ‘iboti yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi. Ularda iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi, shuningdek fuqarolarning sog‘ligini saqlash to‘g‘risidagi qonunchiliklarga muvofiq iste'molchi (bemor)lar huquqlari, tibbiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan iste'molchilarni ma'lumot olish, xizmatlarning tegishli sifatda va xavfsiz bo‘lishi borasidagi huquqlarini ta'minlab berilishi masalalari yuzasidan fikrlar bildirib o‘tildi.
























