Bugungi kunda jamoat ovqatlanish xizmatidan foydalanish kundalik turmushimizning ajralmas qismiga aylandi. Ayniqsa, tayyor ovqat sifati, mahsulotlarning toza va xavfsiz saqlanishi, narxlarning ochiq ko‘rsatilishi va iste’molchilarga ko‘rsatiladigan xizmat madaniyati har bir ovqatlanish maskanining asosiy ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi.
Ushbu masalalarning ahamiyatini hisobga olgan holda, Taqiyatas tumanidagi ovqatlanish maskanlarida iste’molchilarga yaratilgan shart-sharoitlar va xizmat sifatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish davomida, birinchi navbatda, iste’molchilarga sotilayotgan ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligiga e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, tayyor ovqatlarni tayyorlash, saqlash va iste’molchiga yetkazib berishdagi sanitariya-gigiyena talablarining bajarilishi ham nazarda tutilmoqda.
Chunki iste’molchi uchun faqatgina mazali ovqat yetarli emas. Uning xavfsiz, sifatli va belgilangan talablarga mos bo‘lishi ham zarur.
Bundan tashqari, ovqatlanish maskanlarida mahsulotlarning narxlari bilan ularning menyuda ko‘rsatilishi, hisob-kitoblarning to‘g‘ri olib borilishi, iste’molchiga beriladigan ma’lumotlarning aniqligi kabi masalalarga ham alohida e’tibor berilmoqda.
Ayniqsa, iste’molchi sotib olayotgan mahsulotining nomini, narxini, tarkibini va boshqa zarur ma’lumotlarni aniq bilishi kerak. Bu esa, iste’molchining o‘z huquqlarini bilishi va talab eta olishi bilan tiqis bog‘liq.
O‘rganishlarning asosiy maqsadi — ovqatlanish maskanlarini jazolash emas, balki iste’molchilarga sifatli va xavfsiz xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tegishli tavsiyalarni berishdan iborat.
Bu yo‘nalishda iste’molchilarning o‘zlari ham faollik ko‘rsatishi zarur. Agar ovqatlanish maskanida sifatsiz mahsulot, narxdagi mos kelmaslik, xizmat ko‘rsatishdagi kamchilik yoxud iste’molchi huquqlariga bog‘liq boshqa masalalarga duch kelsa, bu haqda tegishli muassasalarga murojaat qilish mumkin.
Iste’molchining huquqini himoya qilish — tekshiruvchi muassasalarning emas, albatta jamoatchilik masalasi. Chunki sifatli xizmat va xavfsiz ovqatlanish muhitini yaratish har birimizning umumiy manfaatimizdir.
Taqiyatas tumanidagi ovqatlanish maskanlarini o‘rganish ishlarining ham asosiy maqsadi — ushbu talablarning amaldagi bajarilishini baholash, iste’molchilar uchun xavfsiz va qulay shart-sharoitni ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shishdir.
Sifatli xizmat — iste’molchining huquqi. Xavfsiz ovqatlanish — har birimiz uchun zarur talab.
























