Выберите язык

O‘zbekiston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Raisining tegishli buyrug‘iga asosan, Shamuratov Rustam Azatovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi vazifasini bajaruvchi raisi etib tayinlandi.

Shamuratov Rustam Azatovich 1973-yil 7-fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan.
Bugungi kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisining o‘rinbosari - Ijrochi direktor lavozimida ishlagan.


1987-1989 yy. - Ellikqal’a tumani Bog‘yob xo‘jaligi ishchisi, 1989-1990 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti tayyorlov kursi tinglovchisi, 1990-1995 yy. - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti talabasi, 1995-1996 yy. - Ellikqal’a tumani Jayxun savdo ishlab chiqarish kompleksi iqtisodchisi, 1996-1998 yy. - Ellikqal’a tumani Bog‘yob-savdo aksiyadorlik jamiyati raisi, 1998-1999 yy. - Ellikqal’a tumani Moliya bo‘limi byudjet inspeksiyasi boshlig‘i, 1999-1999 yy. - Ellikqal’a tumani Moliya bo‘limi mudiri vazifasini bajaruvchisi, 1999-2002 yy. - Ellikqala tumani Moliya bo‘limi byudjet inspeksiyasi boshlig‘i, 2002-2006 yy. - Ellikqal’a tumani moliya bo‘limi mudiri, 2006-2007 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi tinglovchisi, 2007-2010 yy. - Ellikqal’a tumani Moliya bo‘limi mudiri, 2010-2013 yy. - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha kotibiyati boshlig‘i, 2013-2017 yy. - To‘rtko‘l tumani Moliya bo‘limi mudiri, 2017-2018 yy. - To‘rtko‘l tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, 2018-2020 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Ellikqal’a tumani bo‘limi boshlig‘i, 2020-2020 yy. - Ellikqal’a tumani hokimining moliya- iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, 2020-2025 yy. - To‘rtko‘l tumani hokimi, 2025-yildan bugungi kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisining o‘rinbosari – Ijrochi direktor lavozimida ishlagan.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening