Выберите язык

 Navbahor tumanida yashovchi fuqaro Sh. J. 2026-yil 18-may kuni Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Telegram botiga murojaat qilib, Karmana tumanida joylashgan savdo do‘konidan shartnoma asosida xarid qilgan qo‘l telefoni bilan bog‘liq muammoga duch kelganini ma’lum qildi.

 Murojaatda qayd etilishicha, fuqaro sotib olgan telefon qutisi ochilganda, uning ichidan shartnomada ko‘rsatilgan rusumdagi telefon emas, balki boshqa turdagi va narxi arzonroq bo‘lgan telefon chiqqan. Ushbu holat iste’molchining haqli e’tiroziga sabab bo‘lgan.

 Murojaat Karmana tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, savdo do‘koni vakillari bilan tegishli tushuntirish va muzokaralar olib borildi. Natijada masala iste’molchi foydasiga hal etilib, fuqaroga shartnomada ko‘rsatilgan rusumdagi qo‘l telefoni yetkazib berilishi ta’minlandi.

Mazkur holat iste’molchilarning qonuniy huquqlarini himoya qilish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida adolatni ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarning amaliy natijasidir. Iste’molchilar o‘z huquqlari buzilgan deb hisoblagan hollarda tegishli tashkilotlarga murojaat qilishlari mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening