Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, dori-darmon ta’minoti va bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
Sog‘liqni saqlash tizimida aholiga sifatli va xavfsiz tibbiy xizmat ko‘rsatish, bemorlar huquqlarini ta’minlash hamda tibbiyot muassasalarida zarur shart-sharoitlarni yaratish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Shu maqsadda O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Sirdaryo viloyati hududiy birlashmasi vakillari tomonidan Sirdaryo viloyati shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi filialida jamoatchilik o‘rganishi o‘tkazildi.
O‘rganish davomida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati, bemorlarning murojaatlari va ularga munosabat, dori-darmon vositalari bilan ta’minlanganlik holati hamda bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, bemorlar va ularning yaqinlari uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiyot xodimlarining xizmat ko‘rsatish madaniyati kabi masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan holatlar tegishli mas’ullar bilan muhokama qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, bemorlar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni ta’minlash hamda tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Iste’molchi sifatida har bir fuqaro sifatli va xavfsiz tibbiy xizmat olish huquqiga ega. Shu bois tibbiyot muassasalarida xizmat ko‘rsatish sifati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish aholi manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Sirdaryo viloyati hududiy birlashmasi tomonidan aholining huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy sohada xizmatlar sifatini o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.
Tibbiy xizmat sifati o'rganildi.
- Информация о материале
- Автор: Sirdaryo viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 17
























