Выберите язык

TIBBIYOT XODIMLARI KUNIGA BAG‘ISHLAB E’TIROF VA EHTIROM
Samarqand shahri sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i, tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash sohasida xizmat ko‘rsatgan shaxs A.S. Babajanov Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan munosib e’tirof etildi.
Unga Samarqand viloyati Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari  (IHHJ) hududiy birlashmasi tomonidan faxriy tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘asi tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur taqdirlash marosimi Samarqand viloyati IHHJ hududiy birlashmasi raisi B.B. Boymatov hamda Samarqand shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi M. Shodiev tomonidan amalga oshirildi.
Ushbu e’tirof tibbiyot sohasida olib borilayotgan samarali faoliyat, aholi salomatligini muhofaza qilish yo‘lidagi fidokorona mehnat va inson salomatligi yo‘lida ko‘rsatilayotgan yuksak xizmatlarga bildirilgan chuqur hurmat ifodasidir.
Tibbiyot xodimlarining mashaqqatli va sharafli mehnati doimo e’tirofga loyiq!
Tibbiyot xodimlari kuningiz muborak bo‘lsin!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening