Выберите язык

         2026-yil 20-aprel kuni Tomdi tumanidagi “Tomdibuloq” OFY hududida joylashgan 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida Tomdi tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan bolalar uchun yaratilgan sharoitlar jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganildi.   O‘rganish jarayonida muassasadagi tarbiyaviy xonalar, oshxona, yotoqxonalar hamda sanitariya-gigiyena holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, bolalarning sifatli ovqatlanishi, xavfsizligi va qulay muhitda tarbiyalanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.    Monitoring davomida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar belgilandi.

        Mazkur jamoatchilik nazorati tadbiri orqali maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar uchun yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening