Выберите язык

    2026 yil 20 mart kuni Tomdi tumanida tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan “Navro‘z shukuhi” tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Mazkur tadbir milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, an’ana va urf-odatlarimizni keng targ‘ib qilish hamda jamoa a’zolari o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlashga qaratildi.Tadbir davomida milliy kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari va bayramona chiqishlar tashkil etilib, ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashildi. Shuningdek, Navro‘zga xos taomlar tayyorlanib, mehmonlarga tortiq qilindi.Mazkur bayram tadbiri Tomdi tuman gazetasi sahifalarida ham e’tirof etilib, uning mazmun-mohiyati, ahamiyati va ko‘tarinki ruhda o‘tgani keng yoritildi. Bu esa tashkilotchilarning sa’y-harakatlari va jamoaning faolligiga berilgan munosib baho bo‘ldi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening