Выберите язык

TO‘RAQO‘RG‘ONDA TAYANCH GURUH FAOLLARI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

To‘raqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tayanch guruh faollari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda jamiyatning hududdagi faoliyati, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda aholi orasida iste’mol madaniyatini yuksaltirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir davomida tayanch guruh faollarining joylarda aholi bilan bevosita ishlashi, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, iste’molchilarga huquqiy maslahat va amaliy ko‘mak ko‘rsatishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusida murojaatlar bilan ishlashni yanada tizimli yo‘lga qo‘yish, targ‘ibot va tushuntirish tadbirlarini ko‘paytirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Faol ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, hududlarda iste’molchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarini bildirdilar.
Tadbir yakunida jamiyat faoliyatiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan tayanch guruh faollari hamda tashrif buyurgan mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Yig‘ilishda belgilangan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish, aholi bilan yaqin muloqotni davom ettirish hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishib olindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening