Выберите язык

Joriy yilning 7-aprel kuni O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasi raisi S.Mirzadiyarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Toshkent tibbiyot markazi rahbari Dildora Abdumalikovna bilan  uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida Federatsiya tizimining asosiy maqsad va vazifalari, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda tashkilot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini ta’minlash hamda jamoatchilik bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
O‘z navbatida, Toshkent tibbiyot markazi rahbari Dildora Abdumalikovna Federatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlashini bildirib, muassasa xodimlarini a’zolikka jalb etish hamda bu yo‘nalishda amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, tibbiyot muassasasi xodimlarini Federatsiya a’zoligiga jalb etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening