Выберите язык

Uchqo‘rg‘on tuman jamiyati tomonidan tumandagi 8-sonli umumta’lim maktabida uchta mahalla faollari ishtirokida uchrashuv va davra suhbati o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining parlament va xalqimizga yo‘llagan murojaati muhokama qilinib, unda belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilishda fuqarolar tomonidan bir qator dolzarb masalalar ko‘tarildi. Jumladan:
— elektr energiyasi limitini oshirish;
— gaz ballonlarini o‘z vaqtida yetkazib berish;
— chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Davra suhbati davomida ochiq muloqot tashkil etilib, fuqarolarning taklif va muammolari tinglandi hamda ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga yetkazish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

 
 
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening