Выберите язык

Uchqo‘rg‘onda “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi

Uchqo‘rg‘on tumanida “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi. Tadbir “Yog‘du” MFY hududidagi 37-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman hokimligi vakillari, “Nuroniy” jamg‘armasi mutasaddilari, mahalla faollari, nuroniylar, xotin-qizlar hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdilar. Shuningdek, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Uchqo‘rg‘on tuman jamiyati vakillari ham qatnashdi.

Tadbir davomida islohotlar, yoshlar ta’limi, huquqiy savodxonlik hamda iste’mol madaniyati masalalari muhokama qilindi. Yoshlar va nuroniylar o‘rtasida samimiy muloqot tashkil etilib, tajriba almashildi.

Yakunda faol ishtirokchilarga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening