Выберите язык

    2026-yil 13–17-aprel kunlari Uchquduq tumanida joylashgan savdo do‘konlarida reja asosida jamoatchilik nazorati tartibida kuzatuv-o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligi hamda savdo shoxobchalarida yaratilgan sharoitlarni o‘rganishdan iborat bo‘ldi. O‘rganish jarayonida do‘konlarda mahsulotlarning saqlanish holati, yaroqlilik muddati, narxlarning ochiq-oydin ko‘rsatilgani, shuningdek, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Ayrim savdo nuqtalarida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tushuntirishlar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar taqdim etildi.

   Shuningdek, nazorat davomida iste’molchilarning fikr-mulohazalari o‘rganilib, ularning taklif va shikoyatlari tinglandi. Bu esa aholiga yanada sifatli xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.Jamoatchilik nazorati tadbirlari kelgusida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bunday o‘rganishlar orqali savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida tartib-intizomni mustahkamlashga erishiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening