Выберите язык

    Uchquduq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan aholining, xususan, mehnat jamoalari vakillarining iste’molchi sifatidagi huquqiy bilimlarini oshirish hamda ularni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi a’zoligiga jalb etish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
🔹 Навбатдаги targ‘ibot tadbirlari Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) tizimidagi Uchquduq tumanida faoliyat yuritayotgan bo‘lim va tarkibiy tuzilmalarda tashkil etilmoqda.
⚖️ Tadbirlar davomida xodimlarga Federatsiyaning asosiy maqsad va vazifalari, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyati, shuningdek, a’zolikning afzalliklari haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.
✅ Shu bilan birga, iste’molchilar duch kelayotgan muammolarni hal etishda Federatsiya va uning hududiy hamda tuman (shahar) tuzilmalari tomonidan ko‘rsatiladigan amaliy yordam, murojaatlar bilan ishlash tartibi yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.
🤝 Bunday targ‘ibot tadbirlari fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, iste’molchilar manfaatlarini jamoaviy himoya qilish hamda Federatsiya a’zolari safini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Uchquduq tuman jamiyati tomonidan bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening