Выберите язык

USTOZ MEHNATI — MUNOSIB E’TIROFDA

1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Namangan shahridagi 22-sonli umumta’lim maktabi direktori Sultanova Dilfuza Komiljanovna
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining “Iste’molchilar huquqi himoyachisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Dilfuza Komiljanovna 2024-yil 1-maydan buyon Namangan shahridagi 22-sonli umumta’lim maktabiga rahbarlik qilib, ta’lim sifatini oshirish, yosh avlodga munosib ta’lim-tarbiya berish hamda ustoz va murabbiylar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida samarali mehnat qilib kelmoqda.
Uning ta’lim sohasidagi fidokorona faoliyati va jamoat ishlaridagi faolligi munosib e’tirof etilib, mazkur ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ko‘krak nishoni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi raisi Jahongir Toshpo‘latovich nomidan Namangan viloyati hududiy birlashmasi raisi Boyboyev Orifjon Olimjonovich tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Dilfuza Komiljanovnani ushbu e’tirof bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik va yangi zafarlar tilaymiz!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening