Выберите язык

Uy bog‘chalarida maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya va parvarish xizmatlari ko‘rsatilayotgani bois, ushbu maskanlarda bolalarning xavfsizligi, sog‘lom ovqatlantirilishi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda zarur shart-sharoitlarning yaratilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan, uy bog‘chalarida xizmatlar sifatini o‘rganish va bolalar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan jamoatchilik monitoringi alohida ahamiyatga ega.

🇺🇿 O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Andijon viloyati boshqarmasi hamda Andijon viloyati hokimligi bilan hamkorlikda uy bog‘chalarida jamoatchilik monitoringi o‘tkazilmoqda.

 Navbatdagi monitoring Andijon tumani “Daryo” MFY hududida joylashgan uy bog‘chalarida o‘tkazildi. Jarayon davomida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, ovqatlantirish tartibi, taomnoma talablari, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi, sanitariya-gigiyena holati hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi o‘rganildi.

 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar tahlil qilinib, bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening