Denov tumanida fuqaroning qurilish-ta’mirlash ishlari bo‘yicha murojaati ijobiy hal qilindi
Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida Denov tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ana shunday murojaatlardan biri Denov tumani “Nurli Manzil” MFY, Sh.Rashidov ko‘chasi, 192/41-xonadonda yashovchi D. Turdiyeva tomonidan yo‘llangan.
Fuqaroning 2026-yil 20-avgustdagi murojaati jamiyat xodimlari ishtirokida o‘rganildi. O‘rganish jarayonida fuqaro bilan tuzilgan shartnoma asosida 490 million so‘m mablag‘ evaziga 192-bino, 41-xonadondagi 3 xonali uyga ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi belgilanganligi aniqlandi.
Murojaatni o‘rganish davomida mazkur uyda quruvchi tomonidan ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlanmaganligi bilan bog‘liq kamchiliklar mavjudligi ma’lum bo‘ldi.
Masalaga tegishli tartibda aralashilgach, hozirgi kunda korxona tomonidan aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgani ma’lum qilindi.
Shu tariqa, fuqaroning murojaati amaliy jihatdan o‘z yechimini topib, ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.
Mazkur holat iste’molchi va xizmat ko‘rsatuvchi o‘rtasidagi shartnoma majburiyatlariga rioya etish, bajarilayotgan ishlarning sifatini ta’minlash hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish muhimligini ko‘rsatadi.
Denov tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan berilgan rasmiy javobda fuqaroning murojaati o‘rganilgani va aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgani qayd etilgan. Shuningdek, fuqaroning O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 33-moddasiga asosan murojaat qilish huquqiga ega ekanligi bildirilgan.
Iste’molchi huquqi — e’tiborda! Fuqarolarning murojaatlari orqali yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni amaliy hal etish iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
























