Выберите язык

Bugungi kunda yurtimizda har bir bolaning sifatli ta’lim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayniqsa, sog‘lig‘i yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra umumta’lim muassasalariga muntazam qatnay olmaydigan o‘quvchilarni uyda ta’lim bilan qamrab olish, ularning bilim olishi hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisining tegishli buyrug’iga asosan hududlarda inklyuziv hamda uyda ta’lim jarayonlari o’rganilmoqda. Jumladan, Buxoro shahar jamiyati tomonidan N.N xonadonida muloqot olib borildi.

Mazkur o‘rganishlar nogironligi bo‘lgan hamda alohida e’tiborga muhtoj bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatda munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish hamda inklyuziv ta’lim tamoyillarini amalda ta’minlashga xizmat qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening