Выберите язык

Iste’molchilar orasida ko’p qavatli zamonaviy uylar qurilmasdan turib to’lovni amalga oshirgan va yakunda xonadonga ega qilish huquqi bilan birga to’lovni qaytarib ololmagan fuqarolar talaygina. Bugun “A EB” MChJ bilan shartnoma imzolab, yuqoridagi muammoga duch kelgan F.Ch haqida so’z yuritamiz.

Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan iste’molchi F.Ch manfaatida Buxoro tumanlararo FIB sudiga kiritilgan da’vo arizasi bo’yicha sud majlisi bo’lib o’tdi. Iste’molchi quruvchi tashkilot bilan shartnoma imzolab, kvartira xarid qilgan. Ammo belgilangan muddatda xonadon topshirilmagan, to’lov ham qaytarilmagan.

Sudning yakuniy qaroriga ko’ra taqdim etilgan barcha hujjatlar o’rganilib, quruvchi tashkilotga bir oy muddatda iste’molchiga shartnoma bo’yicha xarid qilingan xonadonni rasmiylashtirib berish va ma’naviy zarar uchun 30 million so’m to’lash majburiyati yuklatildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening