Выберите язык

Vobkent tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumandagi 15-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida targ‘ibot yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tadbirda iste’molchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, tovar va xizmatlar xarid qilishda o‘z huquqlarini bilish hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga e’tibor qaratildi.

Kundalik hayotda har bir fuqaro iste’molchi sifatida turli savdo va xizmat ko‘rsatish munosabatlarida ishtirok etadi. Shu bois mahsulotning sifati, yaroqlilik muddati va u haqidagi ma’lumotlarga e’tibor berish, xaridni tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash muhim ahamiyatga ega. Huquqiy bilim esa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish va ularga yechim topishga yordam beradi.

Mazkur targ‘ibot yig‘ilishi ham aholining iste’mol madaniyatini yuksaltirish, o‘z huquqlariga befarq bo‘lmaslik ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening