Выберите язык

Vobkent tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tumandagi xususiy tibbiyot muassasalarida jamoatchilik monitoringini olib bormoqda. Unda bemorlarning klinikaga murojaat qilgan paytidan boshlab xizmat olguniga qadar qanday sharoit yaratilganiga e’tibor qaratilmoqda.

Klinikaning ish vaqti va shifokorlar qabul jadvalini topish osonmi? Qabulga qanday yozilish va xizmat yuzasidan savol tug‘ilganda kimga murojaat qilish mumkin? Shu kabi kundalik savollarga bemor qanchalik oson javob topishi muassasada xizmat ko‘rsatish qanday tashkil etilganini ko‘rsatadi.

Ayniqsa, klinikaga ilk bor kelgan bemor uchun qabul bo‘limini topish, kerakli mutaxassisga yo‘naltirilish va navbat tartibini tushunish muhim. Bu ma’lumotlar ko‘rinadigan joyga joylashtirilsa, bemor ortiqcha vaqt sarflamaydi.

Monitoringdan ko‘zlangan maqsad bemorlar duch kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha xususiy tibbiyot muassasalariga amaliy takliflar berishdan iborat.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening