Выберите язык

Vobkent tumanida yashovchi fuqaro N.H. xonadonidagi suyultirilgan gaz ballonini almashtirish masalasida hududiy gaz ta’minoti tashkilotining Vobkent tuman bo‘limiga bir necha marotaba murojaat qilgan. Biroq masala hal etilmagach, amaliy yordam so‘rab Vobkent tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat yo‘llagan.

Jamiyat tomonidan murojaat o‘rganilib, tegishli gaz ta’minoti bo‘limi bilan masalani hal etish yuzasidan ish olib borildi. Natijada fuqaroning xonadonidagi suyultirilgan gaz balloni yangisiga almashtirib berildi.

Shu tariqa, iste’molchining murojaati ijobiy yechim topib, uning gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammosi bartaraf etildi. Vobkent tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlarini davom ettirmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening