Выберите язык

   O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasi tomonidan Xatirchi tumanida uyda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning ta’lim jarayonlari va ularga yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan monitoring ishlari olib borildi.
Jarayon davomida mutasaddilar tomonidan o‘quvchilarning dars mashg‘ulotlari uchun yaratilgan sharoitlar, foydalanayotgan o‘quv qurollari hamda o‘qituvchilarning uyga borib dars o‘tish holatlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ota-onalar bilan muloqot qilinib, farzandlarning sifatli ta’lim olishi bo‘yicha fikr va mulohazalar tinglandi.
   O‘rganishlar davomida aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Bu kabi tadbirlar orqali uyda ta’lim olayotgan bolalarning manfaatlarini himoya qilish va ularning bilim olishiga ko‘maklashish maqsad qilinmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening